Fidbol.net

«Real» «Atletiko»ning sobiq iqtidorini tekinga olishga yaqin

Tahririyat 3
«Real» «Atletiko»ning sobiq iqtidorini tekinga olishga yaqin

«Real» istiqbolli ispaniyalik vinger Xorxe Rayadoni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.

Diario AS ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli futbolchi yaqinda «Atletiko» bilan 10 yillik hamkorligini yakunladi va hozirda erkin agent maqomida.

Madridning «Real» klubi endi Rayadoni o‘zining mashhur La Fabrika akademiyasi tizimiga qo‘shish uchun faol harakat qilmoqda.

O‘tgan mavsumda yosh futbolchi UEFA Yoshlar ligasida «Atletiko» safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Agar transfer amalga oshsa, Rayado Madridning bir klubidan ikkinchisiga erkin agent sifatida o‘tgan bo‘ladi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring