Fidbol.net

«Deportivo» «Atletiko»dan Ximenesni ijaraga oldi

Tahririyat 1
«Deportivo» «Atletiko»dan Ximenesni ijaraga oldi

«Deportivo La-Korunya» «Atletiko» himoyachisi Xose Ximenesni 2027 yil iyuniga qadar ijaraga olganini e’lon qildi. Kelishuvda ijara muddati yakunida futbolchini sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

31 yoshli urugvaylik futbolchi «Atletiko» safida La Ligada 270 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida 69 ta o‘yin va Urugvay terma jamoasi safida 99 ta uchrashuv bor.

Ximenes faoliyatini «Danubio»da boshlagan, keyin «Atletiko»ga o‘tgan. Madrid klubi safida u Ispaniya chempioni bo‘lgan, Yevropa ligasi, Ispaniya Superkubogi va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring