Fidbol.net

Kompani «Bavariya»da yangi qoida joriy qildi

Tahririyat 3
Kompani «Bavariya»da yangi qoida joriy qildi

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani futbolchilarning rasmiy uchrashuvlarga maksimal darajada tayyor bo‘lishini ta’minlash maqsadida jamoada yangi ichki qoidani joriy qildi.

Xabarlarga ko‘ra, endi myunxenlik futbolchilar o‘yin boshlanishiga 48 soat qolganida Myunxenni tark etishi mumkin emas.

Bu qoida jamoaga dam olish kuni berilgan taqdirda ham amal qiladi. Ya’ni, futbolchilar uchrashuv arafasida uzoq safarlarga chiqishiga ruxsat berilmaydi.

Murabbiylar shtabi bu orqali futbolchilarni ortiqcha chalg‘ituvchi omillardan himoya qilish, ularning mashg‘ulotlar va navbatdagi o‘yinga to‘liq e’tibor qaratishini ta’minlashni maqsad qilgan.

Shuningdek, «Bavariya» ayni paytda yosh futbolchilar rivojiga ham alohida e’tibor qaratmoqda. Klub qaysi iqtidorlar asosiy jamoada kattaroq rol olishga tayyor ekanini baholab bormoqda.

Ma’lum qilinishicha, Kompani yosh futbolchilarning o‘sishini baholashda jamoa vise-sardori Yozua Kimmixning fikrini ham muntazam ravishda so‘raydi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring