Fidbol.net

"Real" 19 yoshli futbolchi uchun 100 mln evro toʻlashga tayyor

Tahririyat 3
"Real" 19 yoshli futbolchi uchun 100 mln evro toʻlashga tayyor

Bu haqda "Bild" nashriga tayanib "Sport.es" xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga koʻra, "qaymoqranglilar" 19 yoshli futbolchi uchun 100 million evro toʻlashga tayyor. Biroq "buqalar" Diomandeni 120 million evroga baholamoqda. Kot-d'Ivuarlik oʻyinchi uchun kurashda "Real"ga "Liverpul", "Arsenal", "Manchester Siti" va PSJ klublari raqobat tugʻdirmoqda. Shu bilan birga, Parij jamoasi hujumchining oʻzi bilan kelishuvga erishib boʻlgan.

Yakunlangan mavsumda Diomande barcha turnirlarda 36 ta oʻyinda maydonga tushib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozib qoʻydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha moʻljallangan. "Transfermarkt" portali ma'lumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring