Rasman: «Olimpiakos» Leon Beylini transfer qildi
«Olimpiakos» klubi «Aston Villa» vingeri Leon Beylini o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.
29 yoshli yamaykalik futbolchi «Aston Villa» safida jami 163 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urgan va 25 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U 2025/26 mavsumida jamoasi bilan UYEFA Yevropa ligasida g‘olib chiqqan.
Beyli faoliyati davomida «Bayer» tarkibida ham muvaffaqiyatli to‘p surgan. U Leverkuzen klubi safida 156 ta uchrashuvda maydonga tushib, 39 ta gol va 25 ta assist qayd etgan. Shuningdek, futbolchi «Genk» va «Roma» jamoalari sharafini ham himoya qilgan.
Uning hisobida Angliya Premyer-ligasida 123 ta, Germaniya Bundesligasida esa 119 ta o‘yin bor. Beyli Yevrokuboklarda ham katta tajriba to‘plagan.
Yamayka terma jamoasi safida 41 ta uchrashuvda qatnashib, 11 ta gol urgan futbolchi endi «Olimpiakos» hujum chizig‘ini kuchaytirishga harakat qiladi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0