Fidbol.net

«Lion» bilan bahsdan keyin Genduzi va Grinvud bo‘yicha ish ochildi

Tahririyat 3
«Lion» bilan bahsdan keyin Genduzi va Grinvud bo‘yicha ish ochildi

UEFA Chempionlar ligasi saralash bosqichida «Lion» va «Fenerbaxche» o‘rtasidagi o‘yindan keyin yuz bergan janjal yuzasidan intizomiy ish ochdi.

Fransiyada bo‘lib o‘tgan uchrashuv Turkiya klubining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan. Birinchi o‘yinda esa 1:1 hisobi qayd etilgan edi.

Final hushtagidan so‘ng avval «Marsel» sharafini himoya qilgan Matteo Genduzi g‘alabani juda hissiyotli nishonladi. Xususan, u tribunalar tomon yo‘l olib, «Olg‘a, «Marsel»!» deya baqirgan va provokasion harakat qilgan.

Fransiyalik futbolchi tunnel tomon yo‘l olgan paytda kirish qismida ikki jamoa futbolchilari va xodimlari ishtirokida janjal kelib chiqqan.

Shuningdek, o‘yinoldi qizib olish vaqtida Genduzi tribunadan bo‘lgan provokasiyalarga javoban o‘rta barmog‘ini ko‘rsatgani ham xabar qilingan.

«Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvidan so‘ng UEFA futbolchilarimiz Matteo Genduzi va Meyson Grinvudga, shuningdek, klubimizga nisbatan intizomiy ish ochdi.

Klubimiz futbolchilarimiz va «Fenerbaxche»ning huquq hamda manfaatlarini himoya qilish uchun UEFAning tegishli organlariga barcha zarur dalil va asoslarni taqdim etadi.

Himoya uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlar, hujjatlar va dalillar UEFAga yuboriladi. Klubimiz vaziyat rivojini diqqat bilan kuzatib bormoqda», — deyiladi «Fenerbaxche» bayonotida.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring