Fidbol.net

Mourinyo «Barselona»ga o‘tmay qolgan Alvares transferi haqida gapirdi

Tahririyat 4
Mourinyo «Barselona»ga o‘tmay qolgan Alvares transferi haqida gapirdi

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning «Barselona»ga amalga oshmay qolgan transferi haqida fikr bildirdi.

«Odatda men agar o‘yinchi norozi bo‘lsa, bu masala transfer oynasi yopilguniga qadar hal qilinishi kerak, aks holda u o‘ynamaydi, deb aytaman. Lekin menga shunday tuyulyaptiki, mavsum oxirigacha Alvares «Atletiko» uchun muhim o‘yinchi bo‘ladi», — deya Mourinyuning so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Joriy mavsumda 26 yoshli Alvares Ispaniya La Ligasining bitta o‘yinida maydonga tushib, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

5 sentyabr kuni «matraschilar» safarda Bilbaoning «Atletik» klubi bilan bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring