Fidbol.net

«Seltik» Angliya terma jamoasi darvozabonini ijaraga oldi

Tahririyat 2
«Seltik» Angliya terma jamoasi darvozabonini ijaraga oldi

«Seltik» «Vulverxempton» darvozaboni Sem Jonstonni bir mavsumga ijaraga olganini rasman e’lon qildi.

33 yoshli Angliya terma jamoasi posboni endi «Seltik» darvozabonlar chizig‘ida Vilyami Sinisalo va Ross Duen bilan raqobat qiladi.

Shotlandiya klubi Jonstonning Angliya futbolida to‘plagan katta tajribasini alohida ta’kidladi. Darvozabon professional faoliyatini 2011 yilda «Manchester Yunayted»da boshlagan.

Jonston so‘nggi ikki mavsumni «Vulverxempton» safida o‘tkazdi. U o‘tgan mavsumda jamoa tarkibida 17 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Shuningdek, darvozabon Angliya milliy terma jamoasi safida 4 ta o‘yin o‘tkazgan va ularning barchasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazmagan.

«Seltik» tajribali posbonning kelishi jamoaning darvozabonlar chizig‘ida raqobatni yanada kuchaytirishidan umid qilmoqda.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring