«Monako» darvozabonini ijaraga berdi
Fransiyalik darvozabon Yann Lyenar «Monako»dan Belgiyaning «Serkl Bryugge» klubiga ijara asosida o‘tdi. Kelishuv 2026/27 mavsumi yakuniga qadar mo‘ljallangan. Bu haqda «Monako» rasmiy sayti xabar berdi.
«Monako» darvozabon Yann Lyenarning 2026/27 mavsumi uchun «Serkl Bryugge»ga ijaraga berilganini e’lon qiladi.
Klub akademiyasi tarbiyalanuvchisi Yann Lyenar Jyupile Pro-ligada ishtirok etayotgan «Monako»ning hamkor klubida o‘z rivojlanishini davom ettiradi. U yerda Yann mavsum oxiriga qadar ijarada to‘p surayotgan himoyachi Vali Konate va hujumchi Lukas Mixal bilan yana bir jamoada o‘ynaydi», — deyiladi klub bayonotida.
Ayni paytda «Serkl Bryugge» Belgiya chempionati turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0