Fidbol.net

Rasman: Fermin Lopes jarohat tufayli Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi

Tahririyat 9
Rasman: Fermin Lopes jarohat tufayli Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Fermin Lopes La Liga doirasidagi «Betis»ga qarshi uchrashuvda jiddiy jarohat oldi.

Tibbiy ko‘riklarga ko‘ra, futbolchining o‘ng oyoq beshinchi kaft usti suyagi singani aniqlangan. Tez orada Lopes jarrohlik amaliyotini o‘taydi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, 23 yoshli yarim himoyachi kamida ikki oyga yaqin muddatni maydondan tashqarida o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Bu esa uning shu yozda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok eta olmasligini anglatadi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring