Rasman: Diyor Imomxoʻjaev yana 4 yil PFLni boshqaradi
Tahririyat
•
•
4
Bugun — 19-avgust kuni Liga Ijroiya qoʻmitasining 8 nafar a'zosi mazkur masalani koʻrib chiqdi. Yigʻilishda barcha a'zolar ishtirok etgan boʻlib, ular orasidan Odil Ahmedov hamda Alisher Yusupov Kuala Lumpurdan, shuningdek, Elbek Samatov Andijondan, ya'ni, masofadan turib Liga bosh direktorligi uchun oʻz ovozlarini taqdim etishdi.
Yigʻilish yakuniga koʻra, Ijroiya qoʻmitaning barcha a'zosi bir ovozdan Diyor Imomxoʻjaev nomzodini navbatdagi vakolat muddatiga bosh direktor sifatida tasdiqladi. Shundan kelib chiqib, tashkilotning amaldagi rahbari 2026-yilning 19-avgust sanasidan e'tiboran keyingi toʻrt yil davomida oʻz vazifasini bajarishda davom etadigan boʻldi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0