Eshitdik-da: Superkubok uchrashuviga jahon futboli afsonalari tashrif buyuradi
Ishonchli manbalarning xabar berishicha, Oʻzbekiston futzal federatsiyasi bu yil ham Superkubok uchrashuviga jahon futboli afsonalarini taklif etgan. 2 sentyabr kuni Toshkentdagi «Humo Arena» sport majmuasida boʻlib oʻtadigan BMB PFC – SQB PFC uchrashuvini Oskar, Rikardu Kuarejma, Marko Materatstsi singari jahon futbolida oʻz nomiga ega boʻlgan oʻnlab yulduzlar bevosita stadiondan kuzatib borishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvi 2 sentyabr kuni soat 18:00 da «Humo Arena»da start oladi.
Futbol muxlislarini esa ertasi kuni yana bir katta tomosha kutmoqda. 3 sentyabr Jahon futboli afsonalari — Oʻzbek futboli afsonalari oʻrtoqlik uchrashuvi futbol ishqibozlari uchun Mustaqillik bayramiga sovgʻa boʻladi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0