Ramushning «PSJ»dan «Milan»ga ehtimoliy transfer summasi oshkor bo‘ldi
«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Gonsalu Ramush faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin.
«A BOLA» nashriga ma’lum bo‘lishicha, 25 yoshli portugaliyalik futbolchi «Milan»ning ustuvor transfer maqsadi hisoblanadi. «Milan» parijliklarga Ramush uchun bonuslar bilan birga 45 million yevro taklif qilgani ta’kidlanmoqda.
Futbolchining o‘ziga yiliga 4 million yevro maosh bilan to‘rt yoki besh yillik shartnoma taklif qilinadi. Ramush — «Milan»ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorimning birinchi istagi ekanligi alohida qayd etilgan.
Ortda qolgan klub mavsumida Ramush barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va o‘z hisobiga ikkita golli uzatmani yozib qo‘ydi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0