Ramush «PSJ» bilan xayrlashdi
«Milan»ning yangi hujumchisi Gonsalu Ramush Italiyaga ko‘chib o‘tishdan oldin Fransiyaning «PSJ» klubi bilan xayrlashdi. Portugaliyalik futbolchi Fransiyadagi faoliyati yakunlarini ijtimoiy tarmoqlarda sarhisob qildi.
«Bugun men ketyapman, lekin qalbimning bir parchasini shu klubda qoldirmoqdaman. «PSJ» bir umrga mening uyim bo‘lib qoladi va men uning tarixi sahifalarini yozishga o‘z hissamni qo‘shganimdan doimo faxrlanaman», — deyiladi forvardning xabarida.
Ramush Fransiya klubi tarkibida 2024 yildan beri to‘p tepib kelayotgan edi. 25 yoshli futbolchi 131 ta o‘yinda maydonga tushib, 45 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «PSJ» libosida Ramush uch bor Fransiya chempioni bo‘ldi va ikki marta Chempionlar Ligasi kubogini qo‘lga kiritdi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0