Ramush jahon chempionatlaridagi samaradorlik bo‘yicha Ronaldu va Eysebiodan yaxshiroq natija qayd etmoqda
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Gonsalu Ramush 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finalida Xorvatiyaga qarshi uchrashuvdan so‘ng noyob natija qayd etdi.
OptaJoe ma’lumotiga ko‘ra, Ramush jahon chempionatlari tarixida har 37 daqiqada o‘rtacha bitta samarali harakat (gol yoki assist) amalga oshirmoqda. Kamida beshta samarali harakat qayd etgan Portugaliya futbolchilari orasida bu eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ushbu reyting quyidagicha ko‘rinish olgan:
-
Gonsalu Ramush — har 37 daqiqada bitta samarali harakat;
-
Eysebio — har 54 daqiqada;
-
Joze Torresh — har 90 daqiqada;
-
Joze Augushtu — har 108 daqiqada;
-
Brunu Fernandesh — har 130 daqiqada;
-
Pauleta — har 136 daqiqada;
-
Krishtianu Ronaldu — har 163 daqiqada.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya 1/16 finalda Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Qo‘shimcha vaqtning o‘rnini qoplash uchun qo‘shib berilgan daqiqalarida hal qiluvchi golni aynan Gonsalu Ramush kiritib, jamoasini 1/8 finalga olib chiqdi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0