Puyol Yamal haqida: "Lamin atrofida mish-mishlar koʻp, ammo u xotirjam va kamtar"
"Lamin atrofida mish-mishlar koʻp. Men uni xotirjam, maqsad sari intiluvchan va kamtar futbolchi sifatida koʻryapman. Ammo biz unga Jahon kubogi va muhim sovrinlarni qoʻlga kiritganini, lekin futbolchi sifatida oʻsishda davom etishi hamda oʻz kollektsiyasiga yanada koʻproq sovrinlar qoʻshishga harakat qilishi kerakligini tushuntirishimiz lozim.
Unda barcha narsa bor. Ispaniya terma jamoasi juda yosh va porloq kelajakka ega. Bitta Jahon kubogini yutish – bu yaxshi; ikkitasi – ajoyib, agar buni uddalay oladigan avlod boʻlsa, bu bizning avloddir. Men uni shu yoʻnalishda ruhlantirishga harakat qilgan boʻlardim", – dedi "Barsa" va Ispaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0