Fidbol.net

Buskets “Barselona”ga qaytdi

Tahririyat 2
Buskets “Barselona”ga qaytdi

38 yoshli ispaniyalik mutaxassis klubning ikkinchi jamoasi hisoblangan “Barsa Atletik”da Juliano Bellettining murabbiylar shtabiga qoʻshildi. U bir vaqtning oʻzida UEFAning rasmiy murabbiylik litsenziyasini olish uchun oʻqishni davom ettirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Buskets 2005 yildan 2023 yilgacha “koʻk-anorranglilar” tizimida boʻlgan. U klubning asosiy jamoasi safida jami 722 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol va 46 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan holda jahon futbolining haqiqiy afsonasiga aylangan hamda koʻplab nufuzli sovrinlarni qoʻlga kiritgan edi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring