Ferranning sotilishi "Barsa"ga moliyaviy feyr-pley orqali 50 million evro keltirdi. Bu pul Rodri va Adeemini roʻyxatdan oʻtkazishga deyarli etadi
Kataloniya klubi hujumchini qariyb 50 million evroga sotdi. Bu "Barselona" tarixidagi beshinchi yirik sotuv boʻldi.
Ferran 2022 yilning yanvar oyida 55 million evroga sotib olingan va u bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzolangandi. Uning yillik amortizatsiyasi 10 million evroni tashkil etgan, shuning uchun sotish paytida klub hisobotlarida xuddi shu miqdor saqlanib qoldi.
Shunday qilib, "Barselona" transferdan taxminan 40 million evro sof foyda oldi. Shartnomaning soʻnggi yilida klub futbolchining maoshidan yana taxminan 10 million iqtisod qildi. Umuman olganda, Torresning ketishi moliyaviy feyr-pley doirasida 50 million evroni ozod qildi.
Manbaning hisob-kitoblariga koʻra, Rodrining 70 million evrolik transfer va toʻrt yillik shartnoma bilan roʻyxatdan oʻtishi uchun "Barselona"ga taxminan 37,5 million evro kerak boʻladi. Karim Adeemini roʻyxatdan oʻtkazish yana taxminan 16,4 millionga tushadi. Shunday qilib, Ferranning sotilishi ikki futbolchining 53,9 million evroga baholangan umumiy yukini deyarli toʻliq qoplaydi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0