Luka Modrichning qiz farzandi Ema "Real" ayollar akademiyasi tarbiyalanuvchisiga aylandi
Tahririyat
•
•
6
Bu haqda Madrid Xtra xabar bermoqda.
Bunga qadar Ema "Milan"ning U13 jamoasida toʻp surgan va 2026 yilning bahorida Turinda oʻtkazilgan Coppa Garino turnirida gʻolib chiqishga yordam bergan edi. Ushbu musobaqaning yarim finalida "Milan" "Inter"ni, finalda esa "Yuventus"ni magʻlub etgan.
Oila Italiyaga koʻchib oʻtishidan oldin qizcha Madrid klubi tizimida mashgʻulot oʻtkazgan, ammo oʻsha paytda akademiyada tegishli yosh toifasidagi jamoa boʻlmagani sababli tarkibga kira olmagandi.
Ma'lumot uchun, 40 yoshli xorvatiyalik futbolchi 2012–2025 yillar oraligʻida "Real"da toʻp surgan, shundan soʻng "Milan" bilan shartnoma imzolagan.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0