Fidbol.net

"Barselona" Gamper kubogi uchun kechgan oʻyinda Misrning "Al Ahli" klubini magʻlub etdi

Tahririyat 4
"Barselona" Gamper kubogi uchun kechgan oʻyinda Misrning "Al Ahli" klubini magʻlub etdi

Uchrashuv Barselonadagi "Spotify Kamp Nou" stadionida boʻlib oʻtdi. Bahsda "koʻk-anorranglilar" 2:1 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Hisobni 30-daqiqada kataloniyaliklar hujumchisi Hamza Abdelkarim ochdi. Birinchi taym oxirida, 45-daqiqada vinger Rafinya "Barselona"ning ustunligini oshirdi. Ikkinchi taymda, 51-daqiqada "Al Ahli" yarim himoyachisi Zizo oʻz jamoasining bitta javob golini urdi.

“Barselona” - “Al Ahli” (Misr) 2:1
Gollar:
Abdelkarim 30, Rafinya 45 - Zizo 51.

Eslatib oʻtamiz, Joan Gamper kubogi — "Barselona" tomonidan har yili tashkil etiladigan an'anaviy oʻrtoqlik turniridir. Ushbu kubok ilk bor 1966 yilda kataloniyaliklar prezidenti Enrike Lodet tashabbusi bilan oʻynashilgan. Mukofot "Barselona" asoschisi, afsonaviy prezident Joan Gamper sharafiga nomlangan.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring