Pulishich: "AQSH Jahon chempionatida uzoqqa bora oladi"
AQSH terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Kristian Pulishich o‘z uylarida o‘tayotgan Jahon chempionati — 2026 musobaqasida jamoasining maqsadlari qanday ekanligi haqida gapirib berdi.
"Men har doim jamoamga ishonaman. Turnirda faqat mo‘’jiza tufayligina uzoqqa bora olamiz deb o‘ylamayman. Hozir bizda juda yaxshi jamoa shakllangan. Biz ko‘p narsaga erisha olamiz. Bunga faqat ishonish kerak", - deya amerikalik futbolchining so‘zlarini Goal.com portali keltirmoqda.
O‘tkazilgan ikkita o‘yindan so‘ng AQSH terma jamoasi olti ochko jamg‘ardi va muddatidan oldin pley-off bosqichi yo‘llanmasini kafolatladi. Guruh bosqichining so‘nggi turida Maurisio Pochettino shogirdlari Turkiya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0