PSV himoyachisi jarohat sabab operasiya qilinadi
PSV o‘ng qanot himoyachisi Kilian Sidiya jarohat oldi va yaqin vaqt ichida operasiya qilinadi.
24 yoshli futbolchi joriy yilning so‘nggi oylarida maydonga qaytishi mumkin.
«Albatta, bu xabar men uchun og‘ir zarba bo‘ldi. O‘zimni tobora yaxshiroq his qilayotgandim, oldindagi oylarni intiqlik bilan kutayotgan va bu yerda o‘zimni ko‘rsatishni xohlayotgan edim.
Biroq hozir asosiy e’tiborim kelajakka qaratilgan. Operasiya — tiklanish yo‘lidagi birinchi qadam. Yanada kuchli bo‘lib qaytish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman.
Klub tomonidan katta qo‘llab-quvvatlovni his qilyapman. Bu esa yil oxirida yana maydonga qaytish uchun menga qo‘shimcha motivasiya bermoqda», — dedi Sidiya.
Kilian Sidiya joriy mavsum PSV safida 3 ta o‘yinda maydonga tushdi. U so‘nggi bor 15 avgust kuni «Ekselsior»ga qarshi bahsda ishtirok etgan.
PSV 10 sentyabr kuni Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Shaxtyor»ga qarshi maydonga tushadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0