Fidbol.net

«PSJ» sardori Markinyos Chempionlar ligasi tarixida braziliyaliklar orasidagi o‘yinlar soni bo‘yicha rekordni yangiladi

Tahririyat 14
«PSJ» sardori Markinyos Chempionlar ligasi tarixida braziliyaliklar orasidagi o‘yinlar soni bo‘yicha rekordni yangiladi

«PSJ» himoyachisi va sardori Markinyos UYEFA Chempionlar ligasidagi 121-uchrashuvini o‘tkazdi. Bu musobaqaning "Bavariya"ga qarshi yarim final javob bahsida ro‘y berdi. Myunxenda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, Markinyos Chempionlar ligasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan braziliyalik futbolchilar rekordini yangiladi. Avvalgi rekord sobiq «Real Madrid» futbolchisi Roberto Karlosga tegishli bo‘lib, u 120 ta uchrashuvda maydonga tushgan edi.

Markinyos hozir 31 yoshda. U YECHL doirasidagi 121 ta uchrashuvda 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachi barcha o‘yinlarni faqat «PSJ» safida o‘tkazgan.

Titul uchun bahsda parijliklar Londonning «Arsenal» klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 30 may kuni Vengriyada bo‘lib o‘tadi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring