«PSJ» Alvares uchun katta miqdordagi mablag‘ va ikki futbolchisini taklif qilishga tayyor
«Pari Sen-Jermen» klubi Madridning «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresni sotib olish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Turli manbalar xabariga ko‘ra, parijliklar forvard uchun 150 million yevrogacha to‘lashga tayyor.
Diario AS nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Fransiya grandi kelishuvga nafaqat katta miqdordagi pul mablag‘ini, balki o‘z futbolchilaridan kimnidir ham qo‘shishi mumkin — asosiy nomzodlar sifatida Li Kan In va Gonsalu Ramush ko‘rilmoqda.
Xulian Alvaresga shuningdek, «Barselona» va «Arsenal» klublari ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali 26 yoshli futbolchining narxini 90 million yevroga baholagan. Li Kan In va Ramushning bahosi esa mos ravishda 28 va 35 million yevroni tashkil etadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0