Pirs Morgan: «Aynan Artetaning uzoqni ko‘ra olishi va jasorati bizga APL chempionligini keltirdi»
Tahririyat
•
•
5
Teleboshlovchi va «Arsenal»ning ashaddiy muxlisi Pirs Morgan London klubi 22 yil ichida ilk bor Angliya chempioniga aylanganidan so‘ng o‘z quvonchini o‘rtoqlashdi.
«Bu — Artetaning lahzasi. Ha, jamoa dahshatli o‘yin ko‘rsatdi. Ha, muxlislar aql bovar qilmas darajada qo‘llab-quvvatlashdi. Ha, klub xo‘jayinlari o‘tgan yozda juda katta ishlarni amalga oshirishdi. Ammo aynan mana shu insonning uzoqni ko‘ra olishi, qat’iyati, intellekti, jasorati va qarorlari bizga APLda g‘alaba keltirdi. Rahmat, Mikel Arteta.
Doim aytib kelganimdek — dunyo futbolidagi eng yaxshi jamoa. Men ularning barchasini yaxshi ko‘raman», – deb yozdi Morgan.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0