Paulo Dibala Argentina terma jamoasining JCH-2026 uchun tarkibiga kiritilmadi
Argentina milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni «Roma» hujumchisi Paulo Dibalani 2026 yilgi jahon chempionati uchun kengaytirilgan ro‘yxatga kiritmadi, deb xabar bermoqda Sports.kz.
Argentina terma jamoasining JCH-2026 uchun tuzilgan 55 kishilik dastlabki ro‘yxatida Dibalaga joy topilmadi.
Joriy mavsumda Paulo Dibala «Roma» safida barcha musobaqalar doirasida 25 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol va 5 ta assist muallifi bo‘ldi.
2026 yilgi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichida Argentina terma jamoasi Jazoir, Avstriya va Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Qo‘shimcha qilish joiz, Argentina amaldagi jahon chempioni hisoblanadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0