"Oʻzimizga kela olmadik". Turkiya murabbiyi Montella — Italiyadan uchralgan yirik magʻlubiyat haqida
"Ikki yarim yil oldin bu jamoa C ligasida oʻynayotgan edi. Hozir esa biz A ligasida oʻynayapmiz. Albatta, ketma-ket bir nechta uchrashuvda bunday darajadagi raqiblarga qarshi turish qiyin. Ammo agar biz ushbu darajada kurashmoqchi boʻlsak, bunga moslashishimiz kerak.
Uchrashuvning ikkinchi yarmida biz javob qaytardik, ammo golimizdan soʻng darhol yana gol oʻtkazib yuborganimizda, qayta oʻzimizga kela olmadik. Oʻz kuchimizga boʻlgan ishonchni yoʻqotmagan holda, keyingi oʻyingacha nimani yaxshilash mumkinligini tahlil qilmoqchimiz.
Agar bunga uzoq muddatli futbol loyihasi sifatida qaraydigan boʻlsak, biz yangi futbolchilarni ham jalb etmoqdamiz. Shu sababli biz yangi oʻyinchilarni darhol maydonga tushira olmaymiz. Oʻylaymanki, biz ularni terma jamoa tarkibiga bosqichma-bosqich kiritishimiz va aynan shu yoʻl bilan ularning oʻsishiga yordam berishimiz kerak", — dedi Montella UEFA rasmiy saytiga.
Turkiya terma jamoasi ikki oʻyindan soʻng ochko toʻplay olmadi va UEFA Millatlar ligasi A ligasi 1-guruhi turnir jadvalida soʻnggi — toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi. 2 oktyabr kuni Montella jamoasi oʻz maydonida Belgiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0