“TerDU” ikki transfer oynasida yangi futbolchilarni roʻyxatdan oʻtkaza olmaydi
Tahririyat
•
•
1
OʻFA Futbolchilar maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmitasi joriy yilning 3 avgust kuni “TerDU” futbol klubini ogohlantirib, 27 avgustga qadar klubning 16 nafar futbolchisi oldidagi qarzdorligini bartaraf qilish majburiyatini yuklagandi.
Shunga qaramay, “TerDU” klubi qoʻmita tomonidan chiqarilgan qaror ijrosini bajarmadi. Oqibatda, klubga nisbatan ketma-ket ikki roʻyxatdan oʻtkazishning toʻliq davrida milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni Liga roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha taqiq qoʻyildi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0