Suriya terma jamoasi a'zolari Oʻzbekiston bilan oʻyindan oldin nimalar dedi?
"Biz har bir uchrashuvda 100% kuchimizni maydonga tashlaymiz. Suriyalik muxlislarimizni qattiq hurmat qilamiz va ularning oʻyinlarga tashrif buyurib, bizga kuch-quvvat bagʻishlashlaridan juda mamnunmiz", – dedi darvozabon Elias Hadaya.

"Juda ajoyib oʻyin boʻldi. Suriya va Iordaniya muxlislari oʻzlarini juda yaxshi tomondan koʻrsatishdi. Xudo xohlasa, kelgusida bundan ham yaxshiroq boʻladi. Oldinda Oʻzbekiston bilan oʻyinimiz bor, shundan soʻng noyabrda ham oʻquv-mashgʻulot yigʻini boʻlib oʻtadi. Nasib qilsa, Oʻzbekistonga qarshi uchrashuvda bundan ham yaxshiroq va yuqori darajadagi oʻyinni namoyish etamiz", – dedi markaziy himoyachi Ahmad Faqa.

"Bugungi kun yaxshi oʻtdi, biz haqiqatan ham juda yaxshi oʻyin namoyish etdik. Kelasi hafta Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi ham xuddi shunday harakat qilishimiz lozim va shundan soʻng, Xudo xohlasa, gʻalaba qozonamiz", – dedi vinger Jan Mustafo.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston – Suriya oʻrtoqlik uchrashuvi 1 oktyabr kuni “Paxtakor” stadionida boʻlib oʻtadi. Uchrashuv 19:00 da boshlanadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0