37 yoshli darvozabon "Yuventus"ga oʻtdi
Darvozabon "Yuventus" bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi.
2026 yilning iyul oyidan buyon Netu Braziliyaning "Botafogo" klubi bilan shartnomasi tugagach, erkin agent maqomida boʻlib turgandi. Transfermarkt portali darvozabonning qiymatini 900 ming evroga baholamoqda.

Netu avval ham — 2015 yildan 2017 yilgacha "Yuventus" sharafini himoya qilgan. U barcha turnirlarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol oʻtkazib yuborgan va 13 ta bahsda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Shuningdek, braziliyalik posbon faoliyati davomida "Fiorentina", "Valensiya", "Bornmut" va "Arsenal" jamoalarida toʻp tepgan.
"Yuventus" "Volfsburg"dan ijaraga olingan Kamil Grabara tizzasidagi xochsimon paylarning uzilishi sababli noma'lum muddatga safdan chiqqanidan soʻng shoshilinch ravishda darvozabon qidirishga majbur boʻlgan edi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0