Fidbol.net

🔥 Oʻzbekistonlik mutaxassis TsSKAning vaqtinchalik bosh murabbiyiga aylandi

Tahririyat 14
🔥 Oʻzbekistonlik mutaxassis TsSKAning vaqtinchalik bosh murabbiyiga aylandi

Bu — Dmitriy Igdisamov. U “Sirgʻali” futbol klubi tarbiyalanuvchisi boʻlib, Toshkentning bir qator jamoalarida toʻp tepgan. Keyinchalik Pro litsenziyasini olib, murabbiylik faoliyatini boshlagan.

"Dmitriy Igorevich Igdisamov bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi", – deb xabar berdi Moskva klubi.

Bugun, 4 may kuni "armiyachilar" matbuot xizmati Fabio Chelestini bosh murabbiy lavozimidan iste'foga chiqarilganini e'lon qilgandi.

Avvalroq Dmitriy Igdisamov shveytsariyalik murabbiyning yordamchisi va TsSKA oʻsmirlar jamoalari bosh murabbiyi boʻlib ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, "Lokomotiv" va “Olimpik” sobiq ustozi, oʻzbekistonlik mutaxassis Denis Korostichenko TsSKA akademiyasi murabbiylaridan biri hisoblanadi. Aynan u Igdisamovning yordamchisiga aylanishi mumkin.

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring