O‘zbekiston U-23 terma jamoasi «So‘g‘diyona»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
O‘zbekiston U-23 (olimpiya) terma jamoasi navbatdagi yig‘in doirasida Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubiga qarshi nazorat o‘yinida maydonga tushdi. Ravshan Haydarov shogirdlari o‘tkazilgan bahsda 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa U-23 terma jamoast a’zolari raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Gollarga Ravshan Xayrullayev (60), Nurlan Ibraimov (66) va Saidxon Hamidov (90) mualliflik qildi.
O‘zbekiston U-23 (boshlang‘ich tarkib): Samandar Muratbayev, Dilshod Abdullayev, G‘iyosjon Rizaqulov, Diyor Abdunazarov, Narimon Ahmadjonov, Bunyod Rahimov, Ravshan Xayrullayev, Shamsiddin Tursunmuhammadov, Saidumarxon Saidnurullayev (s), Sardor Hoshimov, Shodiyor Shodiboyev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nurlan Ibraimov, Fayzullayev, Yorqinboyev, Suleymanov, Hushvaqtov, Anvarov, Rayimqulov, Saidov.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0