Fidbol.net

«Oltin to‘p» tashkilotchilari Jahon chempionati yuzasidan tushuntirish berishdi

Tahririyat 9
«Oltin to‘p» tashkilotchilari Jahon chempionati yuzasidan tushuntirish berishdi

Nufuzli «Oltin to‘p» mukofotining rasmiy saytida bir maqola e’lon qilindi. Unda mualliflar bu yil «Oltin to‘p»ni Jahon chempionatida g‘olib chiqqan futbolchi olishi shartmi yoki yo‘qmi, degan savolga javob berishgan. Eslatib o‘tamiz, kuni kecha mundialda Ispaniya terma jamoasi zafar kuchgan edi.

Maqolada mundiallardagi muvaffaqiyatdan so‘ng futbolchilar «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan holatlar misol qilib keltirilgan. Shuningdek, boshqa misollar, xususan, Lionel Messi (2010) va Luka Modrich (2018) misollari ham keltirilgan.

1995 yildan beri, ya’ni «Oltin to‘p» Yevropa chegaralaridan chiqib butun dunyoga tarqalganidan buyon, Jahon chempionatlaridan so‘ng mukofotni yetti martadan to‘rttasida mundial g‘olibi bo‘lgan jamoa vakili qo‘lga kiritgan.

«Ha, Jahon chempionatidagi g‘alaba yordam beradi, lekin «Oltin to‘p»ni kafolatlamaydi. Uni qo‘lga kiritish uchun nafaqat Jahon chempionatining, balki butun mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish kerak», — deyiladi materialda.

O‘tgan yili «Oltin to‘p»ni Usman Dembele qo‘lga kiritgan edi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring