Olise "Real"ga oʻtmoqchi
"Bavariya" vingeri Madrid klubida u oʻz rivojlanishini davom ettirishi va faoliyatida keyingi qadamni tashlashi uchun barcha zarur shart-sharoitlar bor deb hisoblaydi, deya xabar beradi Foot Mercato. "Real" futbolchining ularga oʻtish istagidan xabardor va rekord darajadagi transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Myunxenliklar rahbariyati hali ham 24 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi, ammo agar "istisno" taklif tushsa, uning ketishi mumkinligini tushunib turibdi. Shu munosabat bilan "Bavariya" Oliseni almashtirishi mumkin boʻlgan bir nechta futbolchilar, jumladan PSJ vakili Bredli Barkolya bilan bogʻlandi. Olise jahon chempionati yakunlanganidan soʻng amaldagi klubi rahbariyati bilan vaziyatni muhokama qilishi kutilmoqda.
Katta ehtimol bilan, "Bavariya" Mayklning transferi uchun kamida 200 million evro talab qiladi.
Oʻtgan mavsumda Bundesligada Olise 32 ta oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urdi va 19 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0