Noyer Germaniya terma jamoasi safida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha beshinchi o‘ringa chiqdi
Tahririyat
•
•
2
Darvozabon Manuel Noyer 2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 finali doirasidagi Paragvayga qarshi uchrashuvda maydonga tushib, milliy terma jamoa safida 129-o‘yinini o‘tkazdi.
40 yoshli golkiper Germaniya terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Rekord Lotar Matteusga (150) tegishli, undan keyingi o‘rinlarni Miroslav Kloze (137), Tomas Myuller (131) va Lukash Podolski (130) band etgan.
Noyer 2014 yilda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lib, joriy turnirda guruh bosqichida uchta va pley-offda bitta uchrashuvda maydonga tushdi. Paragvay bilan bahs darvozabon uchun terma jamoadagi so‘nggi o‘yin bo‘ldi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0