Fidbol.net

Noyer "Bavariya" safida 600-o‘yinini o‘tkazmoqda

Tahririyat 1
Noyer "Bavariya" safida 600-o‘yinini o‘tkazmoqda

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Myunxen klubi safidagi 600-rasmiy uchrashuvini o‘tkazmoqda. Yubiley bahs Bundesliganing yangi mavsumi 1-turida "Shtutgart"ga qarshi kechmoqda.

Noyer 2011 yil yozida "Shalke"dan "Bavariya"ga ko‘chib o‘tgan va shu vaqt mobaynida klub tarixidagi eng sovrindor futbolchilardan biriga aylangan. U myunxenliklar bilan ko‘plab milliy sovrinlarni qo‘lga kiritgan, shuningdek, ikki marta Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

"Shtutgart"ga qarshi uchrashuv 40 yoshli Noyer uchun Bundesligadagi 21-mavsumning boshlanishi ham bo‘ldi.

"Bavariya" yangi chempionatni yaxshi kayfiyatda boshladi. Myunxenliklar mavsum oldidan Germaniya Superkubogi bahsida Dortmundning "Borussiya"sini 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring