Zabiri «Rasing» tarixida XXI asr rekordini o‘rnatdi
Tahririyat
•
•
3
«Rasing» hujumchisi Yassir Zabiri La Liga doirasidagi «Elche»ga qarshi uchrashuvning birinchi bo‘limida xet-trik qayd etdi. Bahs 3:2 hisobida yakunlandi.
Bu «Rasing» futbolchilari orasida XXI asrda birinchi bo‘limning o‘zida xet-trik qayd etilgan ilk holat bo‘ldi.
Marokash terma jamoasi a’zosi Zabiri «Rasing»da «Renn»dan ijara asosida to‘p surmoqda.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0