Alvares «Manchester Siti»ga javobini aytdi
Tahririyat
•
•
3
Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares «Manchester Siti»ga qaytishni rejalashtirmayapti.
«Shaharliklar» «Atletiko» safida qolishni istamayotgan argentinalik futbolchini ijaraga olishga tayyor edi. Cadena SER jurnalisti Pedro Fulyana ma’lumotiga ko‘ra, Alvares bu variantga qiziqish bildirmagan va Premyer-liga grandining taklifini rad etgan. Futbolchining Angliyaga qaytish niyati yo‘q.
Xulian Alvares uchun faoliyatini davom ettirishda ustuvor variant hamon «Barselona» bo‘lib qolmoqda. Biroq «Atletiko» o‘z yetakchisini kataloniyaliklarga sotish imkoniyatini butunlay rad etmoqda.
26 yoshli hujumchiga qiziqish bildirayotgan yana bir klub — «Arsenal».
Manba: stadion.uz
Izohlar 0