Norvegiya Trampga "Tinchlik mukofoti" topshirilgani yuzasidan shikoyat qildi
Norvegiya futbol federatsiyasi (NFF) rahbari Lize Klavenessning ma'lum qilishicha, federatsiya FIFA prezidenti Janni Infantinoga nisbatan yoʻllangan shikoyatni qoʻllab-quvvatlagan va bu haqda xalqaro tashkilotga rasmiy maktub yuborgan.
NFF "FairSquare" inson huquqlari tashkilotining pozitsiyasini qoʻllab-quvvatlagan holda, Donald Trampni taqdirlash FIFA ustavidagi siyosiy betaraflik qoidalariga zid kelishini tekshirishni talab qilgan.
Lize Klavenessning ta'kidlashicha, ushbu maktub ayrim siyosiy reaktsiyalarni keltirib chiqargan boʻlsa-da, Norvegiya jahon chempionati yakunlanganidan soʻng jarayonni kuzatish va bosimni oshirishda davom etadi.
Budapeshtda boʻlib oʻtgan uchrashuvda FIFA vakillari bilan konstruktiv suhbat oʻtkazilgan va Norvegiya oʻz pozitsiyasi boʻyicha boshqa federatsiyalardan ham qoʻllab-quvvatlov olgani qayd etilgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0