Niko Uilyams Ispaniya termasi ixtiyorini tark etdi
Tahririyat
•
•
1
Futbolchi Millatlar ligasida Xorvatiyaga qarshi oʻyindan (4:1) keyin chap son qismida noqulaylik his qilgan. Payshanba kuni u mashgʻulotda ishtirok etmadi va tibbiy koʻrikdan soʻng "Atletik" ixtiyoriga qaytarildi. Uilyams tiklanish jarayonini klub shifokorlari nazorati ostida oʻtkazadi.
Avvalroq Erik Garsiya va Alexandro Grimaldo ham sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sabab Ispaniya terma jamoasi qarorgohini tark etgan edi.
Shu tariqa uch futbolchi ham 3 oktyabr kuni Chexiya va 6 oktyabr kuni Xorvatiyaga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etmaydi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0