Nigeriya terma jamoasi Rossiyaga qarshi bahsga jiddiy yondashmoqchi
Nigeriya futbol federasiyasi bosh kotibi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Ademola Oladjire terma jamoa Rossiyaga qarshi o‘yinga 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat tarkib bilan borishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Uning ta’kidlashicha, tomonlar asosiy terma jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishga kelishib olgan.
«Biz Rossiya tomoni bilan asosiy terma jamoalar o‘rtasida o‘yin o‘tkazishga kelishdik. Shuning uchun Rossiyaga 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat jamoa borishi haqidagi ma’lumotni istisno qilaman», — dedi Oladjire.
Shu bilan birga, funksioner Rossiyaga qarshi bahs yosh futbolchilarni sinab ko‘rish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lishini qayd etdi. Biroq u asosiy tarkibdagi futbolchilar ham uchrashuvda ishtirok etishi kerakligini ta’kidladi. Rossiya va Nigeriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 6 oktyabr kuni Nijniy Novgorodda bo‘lib o‘tadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0