Fidbol.net

Neymar "Santos" mashgʻulotlari paytida kichik Robino bilan yoqalashdi

Tahririyat 19
Neymar "Santos" mashgʻulotlari paytida kichik Robino bilan yoqalashdi

Manbaga koʻra, 34 yoshli hujumchi 18 yoshli yarim himoyachi Robino Juniorni chalib yiqitgan va u bilan janjallashib ketgan. Yosh jamoadoshi uni aldab oʻtganidan keyin Neymarning jahli chiqqan va oʻzini behurmat qilinayotgandek his qilgan. Futbolchilar oʻzaro talashib-tortisha boshlagan va hatto Neymar yarim himoyachiga qoʻl koʻtargan.

Santos va Robino Junior vakillari ma'lumotga izoh bermagan. Neymar tomoni esa, oʻz navbatida, bu masaladan bexabarligini bildirgan.

Hozirda futbolchilar oʻrtasidagi vaziyat hal boʻlgan. Neymar jamoadoshidan uzr soʻragan.

"Santos" 6 may kuni Janubiy Amerika Kubogi guruh bosqichi doirasida Paragvayning "Rekoleto" jamoasi bilan oʻynaydi.

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring