Neymar Braziliya terma jamoasidan ketishini tasdiqladi: "Mening vaqtim oʻz nihoyasiga etdi"
Eslatib oʻtamiz, Neymar JCh-2026 1/8 finalida Norvegiyaga qarshi oʻyinda (1:2) magʻlubiyatga uchrab, musobaqani tark etganidan keyin Braziliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan edi. 34 yoshli futbolchi Sudamerikana kubogi doirasida Venesuelaning "USV" klubiga qarshi oʻyindan keyin bergan intervyusida oʻz qarorini tasdiqladi. "Terma jamoadagi vaqtim oʻz nihoyasiga etdi. Men tarix yaratdim, juda baxtli edim, qoʻlimdan kelgan barcha narsani berdim, hayotimni bagʻishladim. Men har doim kurashdim va sariq futbolka uchun bor kuchimni ayamadim. Ammo endi buni qilishni xohlamayman", – dedi Neymar. Neymar Braziliya terma jamoasi safida 130 ta oʻyin oʻtkazib (ikkinchi koʻrsatkich), 80 ta gol urdi (rekord) va 58 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U milliy jamoa tarixidagi eng yaxshi toʻpurar hisoblanadi. Hujumchi terma jamoa bilan birga 2013 yilda Konfederatsiyalar kubogini qoʻlga kiritgan, shuningdek, 2016 yilda olimpiada chempioni boʻlgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0