Neymar beshinchi bor ota boʻldi: u Jahon chempionati-2026 vaqtida qiz farzand koʻrdi
U 2026 yilgi Jahon chempionati davom etayotgan bir paytda qiz farzandli boʻldi. Bu haqda futbolchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, Neymar oʻng oyoq boldir mushagidagi jarohatdan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda. Aynan shu jarohat tufayli u Braziliya terma jamoasining JCh-2026 doirasidagi Marokashga qarshi ilk oʻyinini (1:1) oʻtkazib yubordi. Uning 20 iyun kuni Gaiti terma jamoasiga qarshi kechadigan guruh bosqichi 2-turidagi ishtiroki hozircha soʻroq ostida. Biroq, OAV tarqatgan ma'lumotlarga koʻra, Neymar navbatdagi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.
Jahon chempionati-2026 uch mamlakat — AQSh, Meksika va Kanadada boʻlib oʻtmoqda. Turnir 11 iyun kuni start olgan va 19 iyul kuni yakunlanadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0