Mourinyuning "Real"dagi maoshi ma'lum
Tahririyat
•
•
4
Ispaniyaning "Sport" nashriga koʻra, Mourinyu Madrid klubida Xabi Alonso bilan bir xil maosh oladi. Unga mavsum uchun 6 million evro sof maosh toʻlanadi.
Soʻnggi kunlarda matbuotda Joze Mourinyuning transfer rejalari haqida ma'lumotlar paydo boʻlgandi. Portugaliyalik murabbiy allaqachon oʻz tarkibi ustida ishlamoqda.
"Real" Ispaniya chempionatida 2-oʻrinni band etdi. Madrid klubi 2025/2026 yilgi mavsumning oʻrtalarida murabbiyni almashtirdi va Xabi Alonso oʻrniga Alvaro Arbeloani qoʻydi. Biroq "qaymoqranglilar" yakunda birorta ham sovrinni qoʻlga kirita olmadi.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0