Fidbol.net

"Galatasaroy" "Real" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Tahririyat 1
"Galatasaroy" "Real" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Insayder Yagʻiz Sabunkogluning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Istanbul klubi frantsiyalik futbolchining shartnoma shartlari bilan qiziqqan.
Manbaga koʻra, "Galatasaroy" tomonidan "Real"ga hozircha rasmiy taklif tushgani yoʻq. Turkiya chempionlari hozircha faqat ma'lumot toʻplash bilan cheklanishgan. Avvalroq, Kamavinga Frantsiya milliy terma jamoasining JCh-2026 uchun qaydnomasidan joy olmaganidan keyin Madrid klubini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shuningdek, futbolchiga Dortmundning "Borussiya" klubi ham da'vogarlik qilayotgani aytilmoqda. OAV ma'lumotlariga koʻra, "Real"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanishi kutilayotgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu kelasi mavsumda Kamavinganing xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring