Fidbol.net

"Barselona" La Liga chempionligini qoʻlga kiritganidan keyingi ilk oʻyinda "Alaves"ga imkoniyatni boy berdi

Tahririyat 56
"Barselona" La Liga chempionligini qoʻlga kiritganidan keyingi ilk oʻyinda "Alaves"ga imkoniyatni boy berdi

Vitoriyadagi "Mendisorrosa" stadionida kechgan uchrashuvni bosh hakam Xose Sanches Martines boshqarib bordi. Oʻyinda mezbonlar 1:0 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 45+1-daqiqada "Alaves" hujumchisi Ibraim Dyabate tomonidan kiritildi.

“Alaves” - “Barselona” 1:0

Gol: Dyabate 45+1.

Eslatib oʻtamiz, "Barselona" oʻtgan turda muddatidan oldin Ispaniya chempionligini hal qilgan edi. Jamoa 36 oʻyindan soʻng 91 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Alaves" esa 40 ochko bilan 15-oʻrinda bormoqda.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring