Fidbol.net

"Barselona" "1 ga 1" qoidasiga qaytadi

Tahririyat 9
"Barselona" "1 ga 1" qoidasiga qaytadi

Kataloniyaliklar shu yozda "1 ga 1" qoidasiga qaytishadi – ya'ni futbolchilar sotuvidan qancha mablagʻ ishlab topsa, transferlar uchun shuncha mablagʻ sarflash imkoniyatiga ega boʻladi.

La Liga direktori Xaver Gomesning soʻzlariga koʻra, klubdagi maoshlar fondi uchta omil evaziga belgilangan limitdan pasayadi: VIP-lojalardan keladigan 70 million evrodan sal koʻproq daromad, yangilangan "Kamp Nou" stadionida yangi tribunaning ochilishi hamda hujumchi Robert Levandovskining jamoani tark etishi. Polshalik forvardning ketishi "Barsa"ni uning ulkan maoshini toʻlash majburiyatidan xalos qiladi.

Shuningdek, Gomes "blaugrana" uchun yangi homiylarni jalb qilish imkoniyati mavjudligini ham qoʻshimcha qildi. Bu klub uchun yana bir daromad manbai boʻlib, defitsitni kamaytiradi va odatdagi rejimda ishlashga yoʻl ochadi.

Bundan tashqari, "Barselona" yakunlangan mavsumni ijara asosida monegasklar safida oʻtkazgan vinger Ansu Fati uchun "Monako"dan 11 million evro olishni kutmoqda. Bu mablagʻ futbolchini sotib olish bandida koʻrsatib oʻtilgan.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring