Fidbol.net

"Al Hilol" Levandovskiga yiliga 90 mln evro maosh bilan shartnoma taklif qildi

Tahririyat 1
"Al Hilol" Levandovskiga yiliga 90 mln evro maosh bilan shartnoma taklif qildi

Futbolchiga yiliga 90 mln evro maosh koʻzda tutilgan shartnoma taklif etildi. Bu haqda "Sportowe Fakty" xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga koʻra, polshalik hujumchi kataloniyaliklar bilan tugab borayotgan kelishuvni uzaytirmasligi mumkin, chunki klub unga oʻyin vaqti va maoshini qisqartirishni taklif qilmoqda. Bunday vaziyatda hujumchi "Al Hilol"ning taklifini jiddiy koʻrib chiqmoqda va katta ehtimol bilan uni qabul qiladi.

Levandovski 2022 yilning yozidan buyon "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 43 ta oʻyinda maydonga tushib, 18 ta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. "Transfermarkt" portali ma'lumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 8 mln evroni tashkil etadi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring