Fidbol.net

Morgan Rojers «Chelsi» tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi

Tahririyat 9
Morgan Rojers «Chelsi» tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi

«Aston Villa» yarim himoyachisi Morgan Rojers «Chelsi» tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi va bu borada Enso Fernandesning ko‘rsatkichini ortda qoldiradi.

Avvalroq manbalar Rojersning «ko‘klar»ga 117 million funt sterlingga (taxminan 137,5 million yevro) tushishini xabar qilgandi. Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning qishida amalga oshirilgan Enso Fernandesning transferi klub uchun o‘sha vaqtdagi rekord — 121 million yevroni tashkil etgan edi. Tez orada bu transfer rekordi yangilanadi.

«Chelsi»ning eng qimmat transferlari ro‘yxatida uchinchi o‘rinda «Brayton»dan kelgan Moyses Kaysedo (116 million yevro) bor. Undan keyingi o‘rinlarni Romelu Lukaku (113 million yevro) va Kay Xavers (100 million yevro) egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring